Xitoy Rossiya va AQSh o‘rtasida yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmaydi, biroq o‘zining yadro salohiyatini qisqartirishga tayyor. Bu haqda Xitoy TIV qurol-aslaha ustidan nazorat departamenti direktori Fu Sun ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: Depositphotos

“Agar boshqa davlatlar o‘z zahiralarini Xitoy darajasigacha qisqartirsa, biz bu jarayonga qo‘shilishga tayyormiz. Ammo Xitoy Rossiya va AQSh bilan birga uch tomonlama muzokaralarga qo‘shilishini kutish mantiqdan yiroq bo‘lardi”, — dedi Fu Sun.

Fu Sun AQSh va Rossiyaning yadroviy qurolsizlanishi muhimligi, chunki Moskva va Vashingtonning aslahalari boshqa davlatlarnikiga nisbatan bir necha baravar ko‘pligini ta’kidladi. Shu sabab u ikki davlatni Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma amal qilishini davom ettirishga chaqirdi.