AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyaning ichki va tashqi siyosatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: AP

“Rossiya qo‘shnilariga bostirib kiradi, siyosiy muxolifatchilarni o‘ldiradi. Ukraina pravoslav cherkovi mustaqilligini bostirishga urinmoqda. Tajovuzlarga qarshi turayotgan Qrim tatarlari va ukrainaliklarga nisbatan politsiya reydlari va qiynoqlarni qo‘llamoqda”, — dedi Pompeo Berlinda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumandagi chiqishida.

U Kavkazning Rossiyaga qarashli qismida, xususan, Chechenistonda rasmiylar xush ko‘rmagan kishilar dom-daraksiz yo‘qolishini bildirdi.

Pompeo, shuningdek, Yevropa energoresurslar yetkazib berishda Rossiyaga qaram bo‘lib qolmasligi zarurligini ta’kidladi.