Golovin tuman sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) polkovnigi Kirill Cherkalinning oilasiga tegishli pullar va mulkni davlat daromadiga o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Moskva” agentligi ma’lum qildi.

Foto: “Yandeks”

Gap jami 6 milliard rubllik mol-mulk haqida ketmoqda. Cherkalinning ota-onasi uyidan 50 million dollar, 1 million yevro va 15 million rubl topilgan.

Sudning 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida polkovnikning onasi Natalya Cherkalina tintuv chog‘ida topilgan naqd pullarni o‘g‘li uyga “xizmat zarurati”  tufayli olib kelganini bildirgan.

Rossiya FXX iqtisodiy xavfsizlik xizmati bank jinoyatchiligiga qarshi kurash bo‘limini boshqargan polkovnik Cherkalin joriy yil aprelida poraxo‘rlik va firibgarlikda ayblanib hibsga olingandi.