“Chelsi” hujumchisi Olivye Jiru faoliyatini “Inter”da davom ettirishga yaqin turibdi, deb yozadi italiyalik taniqli jurnalist Nikola Skira.

Foto: FotMob

Qayd etilishicha, milanliklar 33 yoshli fransuzning agenti bilan ilk muzokaralarni o‘tkazishga ulgurgan. Jiruning xizmatlariga shaxsan “Inter” ustozi Antonio Konte qiziqish bildirmoqda. Konte fransuz bilan vaqtida “Chelsi”da birga faoliyat olib borgan.

Olivye esa o‘yin amaliyoti kamligi sababidan London klubini tezroq tark etishni xohlamoqda. U joriy mavsum Premyer Ligada atigi 123 daqiqa vaqtini maydonda o‘tkazdi.

Qayd etish joiz, Jiru 2018-yildan beri “Chelsi” safida. U bugunga qadar jamoa safida 43 ta o‘yin o‘tkazib, jami beshta gol urgan.