Surxondaryo viloyatidagi “Ayritom” chegara bojxona postida 50 million so‘mlik mikrofleshkartalarni yashirincha olib kirish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, qo‘shni davlatdan kirib kelgan S.M. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, kiyimining cho‘ntaklari ichidan deklaratsiyalanmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, yashirincha olib kirilayotgan salkam 50 million so‘mlik turli hajmlardagi jami 699 dona Micro SD nomli mikrofleshkartalar borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkent aeroportida noqonuniy olib kelingan iPhone 11 telefonlarini yig‘ib olayotgan shaxs qo‘lga olingani xabar berilgandi.