Toshkent xalqaro aeroportida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o‘tkazish vaqtida bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Ular taqdim etgan Malayziya fuqarolik pasportlari tekshirilganda, hujjatlar qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari

“Tegishli organ vakillari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlangan”, — deyiladi DXX Chegara qo‘shinlari xabarida. Qayd etishlaricha, qo‘lga olingan shri-lankalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari

Avvalroq Eron fuqarolari Italiya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga uringan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari