Eron islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat janubida 40 milliard barrelgacha neft qazib chiqarish mumkin bo‘lgan yangi kon topilganini e’lon qildi. Bu haqda AP News xabar berdi.

Foto: EPA

Yangi neft koni Eronda 65 milliard barrel neft beruvchi Axvazdan keyin kattaligi bo‘yicha ikkinchi “qora oltin” bulog‘iga aylanishi mumkin.

Ruhoniyning ushbu bayonotiga AQSh 2018-yildan beri Eronga nisbatan qo‘llab kelayotgan keskin sanksiyalar sabab bo‘lishi mumkin. Eron davlat rahbarining aytishicha ushbu topilma mamlakatdagi neft zaxiralarini uch baravar ko‘payishiga sharoit yaratadi.