Fransiyada ekologik favqulodda holat e’lon qilingan energetika va iqlim bo‘yicha qonun kuchga kirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: 24News

Hujjatga ko‘ra, fransuz rasmiylari 2030-yilga qadar qazilma yoqilg‘idan foydalanishni 40 foizga kamaytirishi, 2022-yilgacha esa mamlakatdagi barcha ko‘mir elektr stansiyalarni yopishi lozim.

Shu bilan birga, 2025-yilga mo‘ljallangan atom energetikasi ulushini kamaytirish 10 yil keyinga surildi.

Qonun bilan biogaz energetikasidan foydalanish izchil kengaytirish va uy-joy sektori elektr ta’minotini bosqichma-bosqich yangilash ko‘zda tutilgan.