O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari va Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi Otabek Umarov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Google Images

Amerikalik bokschi Roy Jons Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida video qoldirgan.

Roy Jons “Otabek, saylanganing bilan tabriklayman va taklif uchun rahmat. Bunday voqeaning bir qismi bo‘lishdan baxtiyor bo‘laman!”, — degan so‘zlarni keltirgan.

“Do‘stim @royjonesjrofficial , tabriklar uchun katta rahmat. Yaqin orada, ko‘plab kuchli jangchilar va ularning yorqin g‘alabalariga boy, GFC MMA turniri doirasida uchrashamiz”, — deya unga samimiy tilaklar uchun minnatdorlik bildirgan Otabek Umarov.

Shuningdek, taniqli aktyor va yakkakurash ustasi Stiven Sigal ham o‘z Instagram sahifasida Otabek Umarovni yangi lavozimi bilan tabriklagan.