Tojikiston janubidagi Temurmalik tumanidagi veterinariya dorixonasining ochilish marosimidan olingan fotosuratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida norozilikka sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Ca-News.

Foto: Ca-News

Ushbu suratlarda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisini yozgi milliy liboslarda kutib olgan o‘quvchi qizlar tasvirlangan. Fotih Aminzodaning o‘zi va uning hamrohlari sovuq ob-havoga mos ravishda kiyingan.

Ko‘plab salbiy izohlardan so‘ng Temurmalik tumani hokimligining yoshlar masalalari bo‘limi boshlig‘i Asliddin Ayniddin rasmlarni Facebook sahifasidan o‘chirib tashlagan.

Shundan so‘ng tuman hokimligi maktab qizlari mahalliy amaldorlarni kutib olgani “o‘z xohishlari bilan“ chiqqanligini ma’lum qildi.

Foto: Ca-News

Foto: Ca-News

Foto: Ca-News

Foto: Ca-News