Navoiy viloyati Zarafshon shahrida uch yoshli qizcha baxtsiz hodisa oqibatida chuqurga tushib ketdi. Bu haqda Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati

30-noyabr kuni soat 11:30 da Zarafshon shahrida joylashgan “Miraj-1” bog‘dorchilik dala hovlilarida yashovchi Lobar Mardova Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, Vishnyova ko‘chasi 94-uyning orqa tomonidagi oqava suvlarini tortib olish uchun mo‘ljallangan 15 metr chuqurlikdagi o‘raga 2016-yilda tug‘ilgan Dilnoza Maqsudova tushib ketgaligini aytib uni chuqurlikdan olib chiqishda yordam so‘rab murojat qiladi.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati

Voqea joyiga Zarafshon shahar FVB boshlig‘i podpolkovnik T.Yeshmuratov boshchiligida leytenant R.Ahmedov va leytenant U.Xusanovlar yetib borgan va tezlik bilan chuqurlik atrofi hamda chuqurlikning tuproq devorlari mustahkamligi o‘rganib chiqilgan. Shundang so‘ng leytenant U.Xusanov arqon yordamida chuqurlikga tushirilgan hamda 3 yoshli Dilnozani FVB xodimlari arqon yordamida sog‘-salomat yuqoriga olib chiqqan.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati

Dilnozaga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga jo‘natilgan.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati