Britaniyaning Manchester universiteti olimlari Qurbonlik yulduzlar turkumida o‘zining yorug‘ligini uch hafta davomida to‘satdan o‘zgartirgan radionurlanish manbasini aniqladi, deya xabar beradi Science Alert.

Foto: Science Alert

Kuzatuvlar Janubiy Afrikada MeerKAT radioteleskopi yordamida olib borildi. Nurlanish manbasi Yerdan 1,8 ming yorug‘lik yili uzoqlikda va Quyoshdan 2,5 marotaba kattaroq bo‘lgan TYC 8332-2529-1 yulduzi joylashgan manzilga to‘g‘ri keldi.

Uning yorug‘ligi 21 kun davomida o‘zgarib turgan. Mazkur holat mexanizmi hozircha izohsiz qolmoqda.

Olimlar binar tizimi raionurlanishlarning yangi turkumiga kirishini bildirmoqda. Mazkur yulduz esa neytron yulduzi yoki qora tuynuk bo‘lishi mumkin.