Joriy yilning 1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonga “Turkmanenergo” davlat elektr energetika kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar ko‘tara olmayapti.

Foto: “Gazeta.uz”

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, Turkmanistondan uzatilayotgan 512-elektr tarmog‘i yuqori kuchlanish bilan ishlaganligi sababli mazkur tarmoq kontaktida qizish yuzaga kelgan.

Samarqand viloyat elektr tarmoqlari korxonasi 512-elektr liniyasidagi qizishlarni bartaraf etish maqsadida Turkmanistondan kiruvchi liniyadan boshlab ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli 3-dekabr kuni soat tungi 00:00 dan 04:00 gacha Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

Xususan, viloyatning Samarqand, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Urgut, Payariq, Chelak va Tayloq tumanlarining ayrim hududlarida elektr tokida qisman uzilishlar bo‘ladi. Elektr ta’minotidagi uzilish 4 soat davom etadi.