France Football nashri tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboniga taqdim etiladigan Lev Yashin nomidagi sovrin egasi ma’lum bo‘ldi.

Foto: France Football

Unga ko‘ra, “Liverpul” klubi va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Bekker ushbu sovrinning ilk g‘olibiga aylandi.

Ikkinchi o‘rin “Barselona” posboni Mark-Andre ter Shtegenga nasib etgan bo‘lsa, “Manchester Siti” vakili Ederson uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kuchli o‘nlikning qolgan vakillari bilan tanishing: Kepa Arisabalaga, Voysex Shensni, Samir Handanovich, Andre Onana, Ugo Lyoris, Yan Oblak va  Manuel Noyer.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!