Ozarbayjon parlamenti — Milliy Majlis ko‘pchilik ovoz bilan prezident Ilhom Aliyevning o‘z-o‘zini tarqatib yuborish va yangi saylovni tayinlash haqida murojaatini qabul qildi. Parlamentning so‘nggi yig‘ilishi 3-dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Mamlakat prezidentining murojaatida qayd etilishicha, islohotlarning tizimli xarakteri, yangi masalalar, jamoatchilikning istaklari va boshqa omillar islohotlarni qonunchilik organida ham chuqurlashtirishga va parlamentni yangilashga asos bo‘lgan.

O‘z-o‘zini tarqatish tashabbusi bilan hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasi chiqqan. Partiya tomonidan ma’lum qilinishicha, qaror prezident tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur.