Huawei’ning yangi smartfonlari liniyasi — Mate 30’da Amerika ehtiyot qismlaridan foydalanilmaydi, deb xabar berdi Meduza.

Qayd etilishicha, Xitoy kompaniyasi endilikda Niderlandiya, Yaponiya va Tayvanda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlaridan foydalanadi.

2019-yilning may oyida AQSh savdo vazirligi Huawei’ni “qora ro‘yxat”ga qo‘shish va kompaniyaga hukumat aralashuvisiz Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgan edi.

AQSh Huawei’ni josuslik bilan shug‘ullanishda ayblagan edi. Aynan mana shu sababga ko‘ra joriy yilning sentabrida taqdim etilgan Huawei Mate 30 va Mate 30 Pro smartfonlarida Google dasturi yo‘q.