Coca-Cola “Yulduzlar jangi” filmining to‘qqizinchi epizodi premyerasi sharafiga shakarsiz gazlangan ichimlikni yonuvchi shamshir ko‘rinishidagi OLED panelga ega butilkalarda cheklangan miqdorda chiqardi. TJournal’ning yozishicha, bunday butilkalarni faqat Singapurdan topish mumkin.

Foto: TJournal

Coca-Cola kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib gazlangan ichimlik idishiga OLED panelni biriktirganini aytmoqda. Yorliq ortiga batareya va yorug‘lik diodlari joylashtirilgan bo‘lib, butilka qo‘lga olinganda yonadi. Chiroqlar umumiy hisobda tahminan 40 daqiqa yonishi mumkin.

Ichimlik maxsus qadoqlarda chiqariladi. Umumiy hisobda do‘konlarga 8 000 ta butilka tarqatilgan bo‘lib, ular ikki xil — Kaylo Renning qizil va Reyning ko‘k shamshirlari ko‘rinishda.

Foto: TJournal