3000 metr balandlikdagi ingichka poyezd yo‘li. Dunyoning eng xavfli, uncha-muncha yo‘lovchi deraza oldida o‘tirib yo‘lni kuzatib keta olmaydigan poyezd yo‘nalishlari haqida hikoya qilamiz.

Foto: AP

Tren a las Nubes, Argentina

1932-yilda qurilgan ushbu temir yo‘lning nomi “Bulutlar tomon olib boruvchi poyezd” ma’nosini beradi. Bunday nom berilishi bejiz emas. Poyezd haftada bir marta Argentinaning Salta shahridan yo‘lga chiqadi. Yo‘lovchilar 424 kilometr masofani 16 soatda bosib o‘tadi. Temir yo‘l iqtisodiy sabablarga ko‘ra barpo etilgan, lekin bugungi kunda faqat sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatmoqda. Yo‘l-yo‘lakay tamaki maydonlari va tekislikdagi rancholarni tomosha qilish mumkin. Shuningdek, poyezdda 29 ta ko‘prik va 21 tunneldan o‘tiladi. Ulkan temir ulov La Polvorilla tog‘ tizmasida 4200 metr balandlikda harakatlanadi. Tren a las Nubes dunyoda balandligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi poyezd yo‘li hisoblanadi.

Foto: AP

Oq dovon, Kanada va AQShni bog‘lovchi Yukon yo‘nalishi

Uzunligi 108 kilometrni tashkil qiluvchi yo‘nalish Skaguey deb nomlanuvchi ulkan sayohat kemalari Alyaska porti hamda Karkrossni, shuningdek, Yukon viloyatining markazi Uaytxorsni bog‘lab turadi. Ushbu ingichka temir yo‘lning qurilishi Oltin vasvasasi davri oxirlari ya’ni 1900-yilda yakuniga yetgan. Ushbu g‘ayrioddiy yo‘l antiqa balandlik-u pastliklari, o‘nlab ko‘priklar va qoyalar yoqasidagi xavfli burilishlari bilan mashhur. Poyezdga o‘tirgan odam muzliklar, tog‘lar va sharsharalarni tomosha qilib tabiatdan zavq oladi.

Foto: AP

Nariz del Dyavolo, Ekvador

“Nos Dyavolo” yo‘li And tog‘larida Riobamba shahri va Palmirani o‘zaro bog‘lab turadi. Temir yo‘lning uzunligi 80 kilometrga yetadi. Bu yerlarda poyezd juda sekin yuradi va turistlar “Vulqonlar manzarasi”ni miriqib tomosha qilishi mumkin. Avval yo‘lovchilarning poyezd tomiga chiqishiga ruxsat etilardi, biroq endi ushbu xizmat bekor qilingan. Iblis burni ma’nosini beruvchi poyezd yo‘li Guyakil va Kitoni bog‘laydigan uzun yo‘lning muayyan qismi hisoblanadi.

Foto: AP

Jorjtaundagi halqasimon temir yo‘l, AQSh

Jorjtaun halqa temir yo‘lining uzunligi 5 kilometrni tashkil etadi. Ochilganiga bir asrdan ortiq vaqt bo‘lgan yo‘l hududning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri deya e’tirof qilinadi. Poyezdda Kolorado shtatidagi Jorjtaundan qo‘shni Silver-Plum shahriga yetib olish mumkin. Ushbu qisqa masofani bosib o‘tishda poyezd 195 metr balandlikka ko‘tarilib, yo‘lovchilarni qisqa fursat bo‘lsa ham tog‘lar manzarasidan bahramand bo‘lishiga sharoit yaratadi. Yo‘l may oyidan dekabrga qadar ochiq bo‘ladi.

Foto: AP

Flamsbana

Norvegiyadagi 20 kilometr uzunlikdagi temir yo‘lda Mirdaladan 860 metr pastga Flem portiga tushiladi. Relslar shu qadar o‘zgaruvchanki, lokomotivlar ularda yurganda besh xil tormoz tizimidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Yo‘nalish davomida poyezd 20 ta tunneldan o‘tadi, yo‘laklarning bittasi spiral shaklida. Flamsbana 1 ga 18 egiluvchanlikka ega dunyodagi eng keskin temir yo‘llardan biri hisoblanadi. Ba’zan mayda toshlar va suv changi poyezd ichigacha kiradi.

Foto: AP

O‘lim yo‘li, Tailand

Bangkok va Myanmani bog‘laydigan ushbu 400 kilometr uzunlikdagi yo‘l qurilishida 90 000 ming nafardan ko‘proq ishchi va 16 000 ming nafar harbiy halok bo‘lgan. Tarixiy qurilish haqida “Kvay daryosining ko‘prigi” va bosh rolni Kolin Fert ijro etgan “Qasos” filmlari yaratilgan. Hozir Kanchanaburiga borgan sayyohlar ushbu poyezd yo‘nalishida sayr qilishni xush ko‘radi. Poyezd tik jarliklar atrofini aylanib, taxtadan qurilgan tor yo‘lli ko‘priklardan o‘tadi.

Foto: AP

Kambers va Toltek, AQSh

Ushbu yo‘nalishda qatnovni amlaga oshiradigan poyezdlar AQShdagi eng baland dovon hisoblanuvchi 3000 metr balandlikdagi Kabresda Chama shahridan Nyu-Meksikoga yo‘lovchi tashiydi. Poyezd ko‘plab halqalar, estakada va tunnellardan o‘tadi, so‘ngra Toltek darasiga kirib yakunda Kolorado shtatidagi Antonito vokzaliga keladi.

Foto: ALAMY

“Bernina Ekspress”

Alp tog‘laridan o‘tuvchi eng baland temir yo‘l. Mahalliy injenerlarning mehnati samara berib, “Bernina Ekspress” UNECO’ning Butunjahon madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kirgan. Sayohatchilar Shveysariyada Kur va Tirano bo‘ylab ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Yo‘lovchilar yozda ochiq vagondan turib atrof-muhitni miriqib tomosha qiladi. Tunellar, chuqur daralar va jarliklar juda ko‘p.

Foto: AP/Fotolia

Kuranda, Avstraliya

Ushbu yo‘lning qurilishi 1891-yilda yakuniga yetkazilgan. Temir yo‘l Kernsdan boshlanib Kuranda shahrigacha boradi. Poyezd 1 soat-u 45 daqiqa harakatlanadi va unda ketayotgan odam Berron sharsharasi, Korall dengizi va boshqa tabiat mo‘jizalarini tomosha qiladi. Yo‘l “Barron-Gorj” milliy bog‘i hududidan o‘tadi, sharsharalar atrofi tropik o‘rmonlar bilan qoplangan, yo‘ldagi tunnellar soni 15 tani tashkil qiladi.

Foto: Alamy

Pamban ko‘prigi, Hindiston

Pamban orolidagi Rameshvaram shahridagi temir yo‘l Hindistonning qit’ada joylashgan hududini orol bilan birlashtirib turadi. 2 kilometr uzunlikdagi 143 ta iskalaga ega ko‘prik 1914-yilda ochilgan. Bu yerda ham odamlar ajib manzaraning guvohi bo‘ladi. Rameshvaram hind ziyoratchilari uchun muqaddas shahar hisoblanadi.

Foto: AP

Uzoq shimol

Shotlandiya ichkarisidagi ushbu temir yo‘l ham katta mashaqqatlar bilan qurilgan. Qurilish jarayoni botqoqlik hududida kechgani tufayli vertolyotlar yordamida materiallar tashilgan. Yo‘l Yevropadagi eng katta tekis botqoqlikdan va Britaniya sahrolari yonidan o‘tadi. Yovvoyi tabiatda bug‘ular, dunlinlar va boshqa hayvonlarni kuzatish mumkin.

Foto: Alamy

Hindiston tog‘laridagi temir yo‘llar

Darjiling – Himolay temir yo‘li, Kalka-Shimla va Nilgiri yo‘llari Hindiston Britaniya koloniyasi bo‘lgan davrda qurilgan va muhandislikning san’at darajasidagi namunalari hisoblanadi. Har bir yo‘nalishda relslar tog‘ yanbag‘irlariga yotqizilgan, baland tog‘lar manzarasi esa kishiga zavq bag‘ishlaydi. Ushbu yo‘llardan qatnaydigan poyezdlarda qulayliklar deyarli yo‘q, ular sekin harakatlanadi, lekin atrofning betakrorligi ushbu nuqsonlarni yuvib ketadi.

Foto: AP

Bambuk poyezdlari, Kamboja

Kamboja hukumati nihoyatda sodda va ishonchsiz temir yo‘llar haqidagi gap-so‘zlarga barham berish maqsadida bambuk va eski detallardan qurilgan o‘ziga xos poyezdlar tarmog‘iga asos solgan. Ushbu antiqa poyezdlar soatiga 40 kilometr tezlikdan harakatlanadi va bir qatnovda o‘nlab yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi. Yostiqli aravachalar Battambangdan bir soatlik yo‘l hisoblangan qishloqqa qatnaydi. Antiqa transportning birgina noqulayligi, ikkita ulkan arava o‘zaro ro‘baro‘ kelganda yo‘lovchisi kamroq bo‘lgani odami ko‘proq poyezdga yo‘l berishi uchun relsdan odamlarning kuchi bilan olinadi.

Foto: Alamy

Funikulerlar

Ham simli ham relsda harakatlanuvchi transportga chiqish uchun ham jasorat bo‘lishi zarur. Bu kabi yo‘llar Shveysariya, Avstriya, Germaniya, Angliya va Yaponiyada mavjud. Suratdagi funikuler Chilining Valparaiso shaharchasida joylashgan.

Foto: AP/Fotilia