DXX Chegara qo‘shinlarining Andijon viloyati Xonobod shahridagi harbiy qismlaridan birida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar harbiy qismni kuzatayotgan shubhali shaxsni payqab qoldi. Bu haqda DXX chegara qo‘shinlari Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Foto: DXX chegara qo‘shinlari matbuot xizmati

Shundan so‘ng bu holatga aniqlik kiritish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan ushbu shaxs qo‘lga olinib, DXX va Ichki ishlar idorasi xodimlari bilan hamkorlikda xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida u 1993-yilda Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan A.E. ismli shaxs ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Foto: DXX chegara qo‘shinlari matbuot xizmati

Uning yon cho‘ntagidan 4,4 gramm miqdorda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.