Yaponiya bo‘lib o‘tgan g‘ildirakdagi uylar ko‘rgazmasida dunyodagi eng kichik yashash mumkin bo‘lgan avtomobil namoyish etildi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.

Foto: Motor

AZ-MAX k-ai modeli Daihatsu Hijet avtomobili bazasida yaratilgan. Ixcham o‘lchamlariga qaramay (bo‘yi 187 santimetr bo‘lgan muxbir avtomobilni uzunachasiga deyarli quchog‘iga sig‘dira oldi), unda biryo‘la 4 kishi joylashishi mumkin.

Pastda ikki o‘rinli karavotga aylanadigan divan, ko‘chma stol va kran o‘rnatilgan kichik panel o‘rnatilgan. Avtomobil motorni ishga tushirmay isitish mumkin bo‘lgan kuchli batareya va suvli bak bilan jihozlangan.

Mashina tomi ko‘tariladi va shuning hisobiga uning ichida bor bo‘yi bilan yurish mumkin. Shuningdek, ikkinchi yarusda yana ikki kishi joylashishi mumkin bo‘lgan ko‘chma matras bor.

Avtouy oldingi va to‘liq uzatmali bo‘lishi mumkin. Motor hajmi bir litrdan kichik, atigi 660 kub. Uning narxi 25 ming dollar atrofida ekanligi aytilmoqda.