“Daryo” “Rezonans” loyihasini taqdim etadi. Ushbu loyihada ijtimoiy-siyosiy hayotdagi eng dolzarb masalalar muhokama etiladi. Ham qarshilarga, ham tarafdorlarga minbar beriladi. Kimning pozitsiyasi asosli ekanini “Daryo” muxlislari hal qiladi.

Foto: “Daryo”

Ko‘rsatuvning birinchi soniga taklif qilingan mehmonlar: yadroviy fizika mutaxassisi, PhD Rustam Ashurov va O‘zbekiston ekologik partiyasi raisi Boriy Alixonov.

Ekopartiya nega AES qurilishini yoqlamoqda? AESning zarari qanchalik real? Bunga fan nima deydi? Jahon ekologlari nimalar bilan band? Ishtirokchilar ushbu masalalar yuzasidan bahslashdi.

Ko‘rsatuvni “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.