O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova bugun, 12-dekabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuniga prodyuseri va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev BMW X7 sovg‘a qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar bermoqda.

Ko‘chada shunaqa rusumli mashinani ko‘rsa havas qilardi. Shu sababli qo‘limizdan kelganicha kutilmagan sovg‘a tayyorlashga harakat qildik. Hali sovg‘adan Yulduz Usmonovaning xabari yo‘q. Aslida bundan ham kattaroq sovg‘aga loyiq, bu yil shuni oldik, keyingi yil Xudo podshoh. Bu ma’lumotni OAVlariga chiqarish niyatim yo‘q edi, tabriklash uchun kelgan ekansiz, shunga ma’lum qilyapman.

Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani 11-dekabrdan 12-dekabrga o‘tar kechasi qiziqchi Halimaxonim, qizi Nilufar Usmonova, Milena Madmusayeva va yana bir qancha hamkasblari, sozanda va yaqinlari kelib tabriklashdi. Tug‘ilgan kun marosimi jonli ijroda kuylangan qo‘shiqlardan iborat kichik konsertga aylanib ketdi.

Foto: Instagram

Kechada Yulduz Usmonovaning 2020-yilning 10 —25-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yangi konsert dasturida kuylanadigan to‘rtta yangi qo‘shig‘ining ham premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Instagram

Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963-yilning 12-dekabr kuni Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. San’atkorning otasi O‘raimoxun  Usmonov va onasi Rahimaxon Akbarova Marg‘ilon ipak kombinatida ishlagan va sakkiz nafar farzandni tarbiyalagan. Yulduz Usmonova oilada oltinchi farzand.