“O‘zavtosanoat” AK Axborot xizmati 2019-yilning yanvar—noyabr oylari davomida UzAuto Motors zavodi tomonidan jami 253 421 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilganini xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Kompaniya avvalroq JV MAN Auto-Uzbekistan zavodi tomonidan 2019-yilning yanvar—noyabr oylari davomida jami 1 144 ta avtobus va yuk mashinasi ishlab chiqarilganini ma’lum qilgan.

O‘rta hisobda 11 oy davomida har oyda taxminan 23 038 ta yengil avtomobil, oyiga 104 tadan avtobus va yuk mashinasi ishlab chiqarilgan.

Foto: “O‘zavtosanoat” AK Axborot xizmati

Foto: “O‘zavtosanoat” AK Axborot xizmati