Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani, Juma shahri, Hamid Olimjon ko‘chasidagi maydonda 26 metrlik archa o‘rnatildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Foto: Zarnews

Tuman hokimligi tashabbusi bilan maydon bayram illyuminatsiyalari bilan bezatiladi, bolalar uchun o‘yinchoqlar savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

Archa yonida madaniyat uyi ijrochilari, musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining badiiy chiqishlari uchun sahna barpo etiladi.

Foto: Zarnews

Ayni vaqtda maydonni bayramga tayyorlash ishlari davom etmoqda.