Toshkentning Uchtepa tumani hokimligi “Qorboboga maktub” aksiyasini boshladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Uchtepa tumani hokimligi

“Aziz bolajonlar! Orzularingiz ushalishini istaysizmi? Unda uchtepalik qorbobo sizning maktubingizni kutib qoladi. Ishoning, bizning qorbobomiz bu safar tumanimiz o‘g‘il-qizlariga alohida e’tibor berishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.

Bolalardan “Qorboboga maktub”da bu yil erishgan yutuqlari va orzulari haqida yozib yuborish so‘ralgan. Qorbobo va uning yordamchilari esa ushbu nomalardan eng saralarini tanlab, xohish-istaklarni ro‘yobga chiqarmoqchi.

Maktublar 20-dekabrga qadar qabul qilinadi.