Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining 6-tur uchrashuvlari 12-dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: UEFA

UEFA rasmiy sayti Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Joris Nyanon (“Renn”) — “Latsio”ga qarshi o‘yinda (2:0) ikkita gol

Diyegu Jota (“Vulverhempton”) — “Beshiktosh”ga qarshi o‘yinda (4:0) uchta gol

Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”) — AZ Alkmarga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol

Bukayo Saka (“Arsenal”) — “Standard”ga qarshi o‘yinda (2:2) bitta gol va bitta assist

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!