Malayziyalik 51 yoshli Chan 35 yildan buyon umumiy ovqatlanish sohasida mehnat qilib keladi. U restoran tahlilchilari marosimga chaqirib mukofotlaganda hayron qolganini bildirdi.

Foto: Big Picture

“Taklifnoma olganimda sodir bo‘layotgan voqealar tushdek tuyula boshladi”, — deydi Chan Xon Meng.

Foto: Big Picture

“Men ulardan bu hazilmi, Mishlen tahlilchilari kutilmaganda mening chodirimni baholab nima qiladi deya o‘ylay boshladim. Ko‘chada ovqat sotadigan mendek odam bunday katta mukofotga erishadi deb kim ham o‘ylabdi deysiz. Lekin ular faqat ovqat sifatiga baho berishi va binoning katta-kichikligining ahamiyati yo‘qligini bildirdi. Ko‘chada ovqat sotadigan oshpazning dunyo miqyosiga chiqishi mumkinligini tasavvur ham qilmaganman”, — deya Reuters’ga intervyu bergan Chan.

Foto: Big Picture

Chan kuniga taxminan 200 nafar odamga xizmat ko‘rsatadi, uning chodiri oldida o‘nlab odamlar navbatda turadi. Uning maxsus taomi olovda pishirilgan sousli va lag‘monli tovuq, portsiyasi taxminan 100 rubl (15—16 ming so‘m) atrofida. Ushbu taom Mishlen tahlilchilar guruhi tomonidan dunyodagi eng arzon ovqat deb topildi.

Foto: Big Picture

https://www.instagram.com/p/BIj8Vtch0i8/?utm_source=ig_embed