Yaponiyadagi Eshika Oxasi ko‘prigi ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi TJournal.

Kadr: Reddit

Matsue va Sakaiminato shaharlarini bog‘lab turuvchi ushbu ko‘prikning uzunligi 1,7 kilometrni, eni esa 11,3 metrni tashkil etadi.

Mazkur ko‘prik 1997—2004-yillarda qurilgan bo‘lib, harakatning cheklanishiga olib kelgan shu joydagi ko‘tarma ko‘prik o‘rnini egallagan.

Nakaumi ko‘li ustiga qurilgan yoysimon ko‘prik Yaponiyadagi eng katta ko‘prik hisoblanadi. Ko‘prik internet tarmoqlarida o‘zining noodatiy tasviri bilan mashhurlikka erishgan. Uzoqdan teleobyektiv orqali tasvirga olinganida u keskin qiyalikka egadek ko‘rinadi. Aslini olganda Simane tomonidan egilish burchagi 6,1 foizga, Tottori tomonidan esa 5,1 foizga teng.

Foto: Medium