Fiat Chrysler va Peugeot avtomobillarini ishlab chiqaruvchi PSA kompaniyalari birlashishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Google Images

Kompaniyalarning birlashishini 12—15 oyda yakunlash rejalashtirilmoqda. Yangi kompaniyaning qanday nomlanishi haqida ma’lum qilinmagan, biroq u dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchi to‘rtinchi eng yirik kompaniya bo‘lishi aniq.

Birlashgan kompaniyaning taxminiy qiymati 50 milliard dollarga baholanmoqda.

Italiya—AQSh konserni bo‘lgan Fiat Chrysler Yevropadagi ikkinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi, PSA esa uchinchi hisoblanadi.

Birlashgan kompaniyaning oldida turgan birinchi vazifa zavodlarni yopmagan holda xarajatlarni yiliga 3,7 milliard dollarga qisqartirish hisoblanadi.