Tadqiqotchilar Yerning shimoliy magnit qutbi harakatlanishi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) xabar bermoqda.

Foto: NOAA

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, qutbning harakatlanish tezligi to‘satdan ortib ketgan.

Mutaxassislar 1831-yilda kashf etilganidan beri shimoliy magnit qutbi 2250 kilometrga siljiganini qayd etdi. Qutb sekin-asta harakatlanadi, biroq oxirgi yillarda uning tezligi rekord ko‘rsatkich — yiliga 55 kilometrga yetgan.