AQShning Nyu-York shtatidagi Lars Buro kompaniyasi kelajak Tesla pikapi uchun postapokaliptik Cyberbunker qarorgohi konspepsiyasi loyihasini namoyish qildi.

Foto: Larsburo

Kompaniya bunkeri barcha ekstremal sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Cyberbunker Los-Anjeles markaziga ham va hatto Mars sayyorasidagi qatlamda ham joylasha oladi. Renderlardan kelib chiqib, 55 kvadrat metr maydon zaruriy qurilmalar va mashina uchun ajratiladi Cybertruck’ga ham joy qoladi. Qolgan 167 kvadrat metr joyda inson yashashi uchun boshqa sharoitlar yaratiladi.

Foto: Larsburo

Cyberbunker o‘zgacha konstruksiyaga ega ekani tufayli har qanday favqulodda ob-havo sharoitiga bardosh bera oladi — postapokaliptik qarorgoh aerodinamik shaklda va uning shisha devorlari nihoyatda baquvvat. Cyberbunker’ni Yer sayyorasidan boshqa joyga joylashtirilsa, kirish-chiqish uchun maxsus havo yo‘li shlyuzi qoldirilishi mumkin, deb yozgan Lars Buro.

Foto: Larsburo

Cyberbunker quyosh batareyalari ishlab chiqqan energiya hisobiga ishlaydi — batareyalar uyning tomiga o‘rnatiladi va bino ichidagi batareyalar bilan o‘zaro ulangan holda ishlaydi. Ushbu integratsiya tufayli Cyberbunker avtonom tarzda inson ishtirokisiz ham ishlab turadi.

Foto: Larsburo

Lars Buro ushbu postakaliptik rezidensiyani “yuqori texnologiyali depo” deb atab, loyiha takomillashishda davom etishini bildirgan. Cyberbunker’ning dastlabki real nusxasi qachon namoyish qilinishi noma’lumligicha qolmoqda. Qarorgohning narxi ham ma’lum emas. Aniq sana va narx 2020-yilda oshkor etilishi kutilmoqda.

Foto: Larsburo

Noyabr oxirida Los-Anjelesda Tesla Cybertruck’ning taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Aqlbovarqilmas dizayn sabab ushbu pikap haqida ijtimoiy tarmoqlarda kulgili memlar va hazillar tarqaldi, lekin bu turli mamlakatlardagi politsiyachilar elektropikaplardan ishda foydalanishiga halal bermaydi. Buning ustiga, dekabr boshida Razer kompaniyasi bosh direktori Min-Lyan Tan Twitter’dagi sahifasida Ilon Maskga hamkorlikda Cybertruck dizayniga o‘xshash noutbuk yaratishda hamkorlik qilishga chorlagan.

Foto: Larsburo

Foto: Larsburo

Foto: Larsburo