UzAuto Motors AJ 23-dekabrdan 25-dekabrgacha yangi avtomobillarni xaridorlarga berishni vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqda UzAuto Motors AJ o‘zining rasmiy kanali orqali ma’lum qildi.

Foto: “Xalq So‘zi Online”

Kompaniya xabariga ko‘ra, bu avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish bilan bog‘liq.

Ta’kidlanishicha, inventarizatsiya kunlari davomida dilerlar tomonidan avtomobil xarid qilish uchun yangi shartnomalarni tuzish davom etadi.

Kompaniya dilerlik markazlarida inventarizatsiya tugagani haqida onlayn tartibda xabardor qilib boradi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va sizning tushunishingizdan umidvormiz!”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglarni qo‘llay boshlagan bo‘lib, yangi ranglar avtomobillarning barcha modellariga joriy qilingan.