Tetris, keyinchalik Nokia telefonlarida juda mashhur bo‘lgan “Ilon” o‘yini endi “Yangi yil iloni” sifatida, ushbu video‘yinni o‘rgatadigan video bilan barchaning e’tiboriga havola qilindi. Dasturchi endi xuddi shunday shaklda Tetris’ni sinab ko‘rishni maqsad qilgan, deb yozmoqda “Tjournal”.

Skrinshot: Reddit

Niderlandiyalik dasturchi Xordi Mus “Ilon” klassik o‘yinini yangi yil archasida o‘ynash imkoniyatini yaratdi: ilonning harakatlanishini diodli marjon tizmasi o‘rnatilgan, sudralib yuruvchi archadagi o‘yinchoqlarni yig‘ib yuradi. Musning loyihasi Twitter va Reddit foydalanuvchilari tomonidan yuqori baholangan.

Turli muhokamalardagi sharhlarga ko‘ra, dasturchi videoo‘yinlar yaratish bilan shug‘ullanadi. Musning o‘zi Trusted Reviews nashriga “Archa iloni” o‘yini uchun 100 soat ish vaqtini sarflaganini ma’lum qilgan. Loyihani amalga oshirish uchun bir nechta diodli tasmlar, LED-kontrolleri, Raspberry Pi mini-kompyuteri va Raspberry Pi Camera modul kamerasidan foydalanilgan.

Mus avvaliga tizmani PS4 geympadi vositasida boshqarish uchun qulay shaklda joylashtirdi. Obunachilarinign iltimoslarini inobatga olib ishni davom ettirdi va archada “Ilon” o‘yinini shakllantirdi.

Dasturchi Rojdestvogacha o‘yin bo‘yicha ishlarini yakunladi. “Ilon” o‘yinining qoidalari o‘zgarmagan, archadagi o‘yinchoqlar yig‘ilishi, ilonning uzunlashishini ta’minlaydi va o‘yin u o‘zini o‘zi tishlab olguniga qadar davom etadi.

Dasturchining aytishicha, uning keyingi rejalariga “Ilon”ning ikki o‘yinchi o‘ynay oladigan nusxasini yaratish va Tetris kabi boshqa klassik o‘yinlarni ham archada o‘ynash imkoniyatini yaratish ishlari kirgan. Pong o‘yinini archaga moslashtirish diod lampalarining soni ko‘pligi tufayli hozircha imkonsiz. Loyiha muallifi “Ilon”ni o‘z archasida o‘ynashni istaganlar uchun, yashil daraxtni jihozlash va video‘yinga moslashtirish bo‘yicha videoqo‘llanma yaratgan.

Mus agar mushuklari kameralarni o‘ynab, ularning simlarini g‘ajib tashlamaganda loyihani ancha avval tugatishi mumkinligini qayd etdi. Shu tariqa u mushuklar uchun maxsus mashina yasab, ularni lazer nuri bilan chalg‘itish yo‘lini o‘ylab topgan. Ushbu qurilma ham PS4 geympadi bilan boshqariladi.