Ijtimoiy tarmoqlarda xaski zotidagi kuchuk bolalari tansiq taom kutib, xo‘jayinni shoshirishi haqidagi video ommalashdi. Bu haqda “RIA-Novosti” xabar qilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Kuchukchalar ishtirokidagi rolik Tik-Tok tarmog‘ida deyarli 60 mingta ko‘rishlar soniga ega. Video kadrlarida xaski zotidagi kuchukchalarning ovqat berilishini kutayotgani, ularning egasi ham ushbu jarayonda video musiqasiga hamohang ravishda hurayotgani aks etgan.

Kuchukchalar xor bo‘lib akillab egalarini shoshirmoqda.

@alexey.huskyТы не ты , когда голоден ? #хаски #щенки #животные #лучшеевпитомце♬ Dance Monkey - Tones and I

Ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilar ushbu vaziyat bo‘yicha turli izohlar qoldirgan.

Kimdir “Qo‘shin, tezroq nyam-nyam ovqat berilishini istaydi”, degan bo‘lsa, yana boshqa birov “Ovqatni cho‘zmay tezroq berish lozim. Qorinlari ochqab ketibdi-ku” degan mazmunda sharh yozgan. Boshqa bir foydalanuvchi esa “Kuchukchalarning katta oilasi”ga havas qilgan.