27-dekabr, juma kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod” tennis majmuasida Dance Music Fest 2019 Winter musiqa festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

Festivalda mahalliy dijeylar bilan birga Turkiya, Belgiya kabi mamlakatlardan taniqli dijeylar ishtirok etib, yoshlarga quvonch ulashdi.

Elektron musiqa festivali Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida Art Uz Promotion Agency tadbirlarni takillashtirish kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Muxlislar talabiga binoan ushbu festival joriy yilning o‘zida ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Bundan avval avgust oyida Dance Music Fest 2019 tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, tadbir uch kun davomida mamlakat yoshlarini o‘z atrofida jamlagan edi.