Ilon Mask Marsga uchish uchun yaratilgan o‘ta og‘ir Starship kosmik kemasining birinchi parvozi 2-3 oydan keyin amalga oshishiga umid bildirmoqda, deb yozadi Forbes.

Foto: Hightech

Maskning aytshicha, u SpaceX xodimlari bilan butun tun davomida raketaning qubbasi ustida ish olib borgan.

“Starship shu vaqtga qadar yaratilgan raketa tashuvchilar ichida eng qudratlisi bo‘ladi va u yer orbitasiga 100 tonnadan ortiq yukni olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur raketa Maskning kosmik sayohatlarni tashkillashtirish bo‘yicha rejalarida muhim rol o‘ynaydi. Avvalroq u Mars koloniya yaratish uchun 1 million tonna yukni yetkazishga kamida mingta Starship kerak bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, raketa odamlar va yuklarni Oydagi bazaga yetkazishni ham ta’minlaydi.

Ilon Mask Marsda mustaqil faoliyat yuritadigan manzil qurishga 20 yil ketishini taxmin qilgandi.