Yil davomida ishda charchab Yangi yil kayfiyatini yo‘qotib qo‘yganlar uchun uyda bayramona muhit yaratishning eng oddiy va sodda usullari haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Bayram tabriknomalari yoki eskirib qolgan Yangi yil haqidagi suratlar ham bayram bezaklaridan kam emas. Ularning bir nechtasini xonaning bo‘sh devoriga osish mumkin. Buning uchun shim ilgichlar yoki bo‘yoqchilar skotchidan foydalanish mumkin.

Foto: Big Picture

Archa bezatishga vaqt bo‘lmaganida. Archa bozoridan topiladigan daraxt shoxini sotib olish mumkin yoki yaqin oradagi xiyobondan sindirib kelsa ham bo‘ladi. Chiroyli taom yoki salat ustiga kichik shoxni joylashtirib, dasturxonni bezaydigan shohona manzara qilish mumkin.

Foto: Big Picture

Agar uyingizda savatcha yoki quti bo‘lsa, undan unumli foydalanish mumkin. Unga yashil shoxlarni joylashtirib, gulchambar bilan bezang.

Foto: Big Picture

Puansetiya guli ham yoddan chiqmasin. Ushbu o‘simlikni javonlarga yoki Yangi yil stoliga joylashtiring. Kashpo gullarining bir nechtasi ham uyingizga quvonch va interyerni bir necha hafta bezab turadi.

Foto: Big Picture

Bu kabi dekor esa har qanday shkaf, eshik, derazaning ushlagichini bezaydi, uni parda karniziga bog‘lash yoki shiftga osiladigan yoritgich yoxud ilgakka mustahkamlash mumkin. Buning uchun enli lenta, archa shoxchasi va o‘rtasiga qo‘yish uchun nimadir kerak. Bu qo‘ng‘iroqcha yoki kichik archa o‘yinchog‘i bo‘lishi mumkin.

Foto: Big Picture

Yangi yilni ifodalaydigan nimadir, taommi, gul vazasi yoki gul ekiladigan tuvakni o‘ylab topish lozim. Archa o‘yinchoqlari yoki ularga qo‘shimcha shishka yong‘og‘i, grek yong‘og‘i yoki findiq qo‘shish ham mumkin.