U.S. News & World Report ekspertlari dunyodagi eng ommabop 35 ta parhezni baholadi. Mazkur reytingda O‘rta yer dengizi parhezi 2020-yilda eng yaxshisi deb topildi.

Foto: U.S. News & World Report

“O‘rta yer dengizi davlatlarida odamlar uzoqroq yashaydi va aksariyat amerikaliklarga nisbatan saraton va yurak qon-tomir kasalliklariga kamroq chalinadi. Buning siri oddiy — faol hayot tarzi, vaznning doimiy nazorati, qizil go‘sht, shakar, yog‘ kam bo‘lgan va energetik jihatdan qimmatli, salomatlik uchun foydali mahsulotlarga boy bo‘lgan parhez”, — deyiladi bunga qoldirgan izohda.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni tuz, shakar va yog‘ ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni kamaytirish yoki ulardan to‘liq voz kechishni nazarda tutuvchi DASh-parhez egalladi.

Uchinchi o‘rin moslashuvchan vegetarian parheziga nasib qildi. Mazkur parhez go‘shtdan voz kechishga chaqiradi, biroq istisnolar ham bor — juda istalgan taqdirda uni iste’mol qilish mumkin.