Daimler AG avtomobilsozlik konserni Amerika bozorlaridan 745 ming dona Mercedes-Benz avtomobillarini qaytarib olishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Gulf Today

Bu kabi qaror avtomobil tomidagi lyukidagi nuqson sabab qabul qilingan: uni qoplab turuvchi material vaqt o‘tishi bilan yaroqsiz holga kelib, harakat vaqtida lyukning uzilib tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qaytarib olinadigan mashinalar qatoridan 2001-yildan 2011-yilga qadar ishlab chiqarilgan C, CLK, CLS va E klassidagi modellar o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, har yili Mercedes-Benz kompaniyasi AQShda 350 mingdan ortiq avtomobil sotadi.