Eronda “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Boeing 737 samolyoti halokatiga dvigatelning yonib ketishi sabab bo‘lgan. Meduza’ning yozishicha, bu haqda Eronning Yo‘llar va shaharsozlik vazirligiga tayanib IRNA agentligi xabar bergan.

Foto: Twnews

Vazirlik Boeing’ga raketa urilgani haqidagi xabarlarni rad etgan. “Agar samolyotni raketa urganida u havodayoq portlagan bo‘lardi”, — degan vazirlik vakili Kassir Nizami.

Iordaniyaning Al-Hadath nashri layner tasodifan raketa bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi: samolyot qulagan tunda Eron AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari bergan edi. Bu 3-yanvar kuni Bag‘dod yaqinida eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilishiga javoban amalga oshirilgan.