Ilon Mask Xitoyning Shanxay shahridagi Tesla fabrikasida 7-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Model Y yo‘ltanlamas mashinasini yig‘ish ishga tushirilishi marosimida raqsga tushdi, deb yozmoqda Meduza.

Shuningdek, Tesla 7-yanvar kuni Xitoyda Shanxay zavodida yig‘ilgan Model 3 ni sotishni boshladi. Ushbu avtomobillarga 10 nafar xaridor chiqqan bo‘lib, u AQShdan tashqarida yig‘ilgan birinchi elektromobildir.

Ma’lumot uchun, Shanxayda Tesla zavodi 2019-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan. Zavod yiliga 150 ming dona Model 3 elektromobilini ishlab chiqarish quvvatiga ega, Model Y ishlab chiqarish boshlanishi bilan kompaniya ushbu ko‘rsatkichni 250 ming donaga yetkazishni ko‘zlamoqda.