NATOga a’zo davlatlar Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga bergan raketa zarbalariga nisbatan AQShning javobini kutmoqda. Bu haqda “TASS” Bryusseldagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Foto: “TASS”

“Yevropalik ittifoqchilar Vashingtonning javobini kutmoqda, alyans shundan so‘ng munosabat bildiradi”, — dedi u.

“AQSh Eron borasida NATO bilan maslahatlashmasdan so‘nggi aviazarbalar kabi o‘z bilganicha qarorlar qabul qilmoqda. Bundan sharoitda alyans Vashingtonnning javobini kutadi”, — deydi yana bir diplomat.

8-yanvar, seshanba kuni Bryusselda NATO kengashining shoshilinch yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalariga ko‘ra, NATO bosh kotibi Eronning barcha ittifoqchilari general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga nisbatan javob qaytarishda Eronni bosiqlikka chaqirganini bildirdi. U jurnalistlarning AQSh ham bosiqlikka chaqirilgani borasidagi savoliga javob bermadi.

NATOga a’zo qator davlatlar seshanba kuni tashkilotning Iroqdagi noharbiy missiyasi tarkibidagi o‘z harbiylarini evakuatsiya qilishni boshladi. Missiya doirasida alyansning turli mamlakatlaridan kelgan 500 nafar instruktor iroqlik harbiylarni o‘qitgan edi.