AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga hujumi munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Tramp hujum oqibatida hech kim tan jarohati olmagani va bazalarga yetkazilgan zarar hajmi kichik ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Eron, aftidan, chekinishga qaror qildi va bu butun dunyo uchun yaxshi”.

Trampning ma’lum qilishicha, AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalari joriy etadi, biroq gap aynan qanday sanksiyalar haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.