Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomi va u bilan bog‘liq imtiyozlardan voz kechishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Bu haqda ular Instagram’dagi rasmiy sahifasida yozib qoldirgan.

Foto: PA

Juftlik monarxiya “institutidagi yangi progressiv rol” yaratish, shuningdek, navbati bilan Buyuk Britaniya va AQShda yashashini va moliyaviy mustaqillikka erishish niyatida ekanligini aytgan.

Shu bilan birga, juftlik qirolicha Yelizaveta II ga har tomonlama yordam berishda davom etishini ta’kidlagan.