Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi yaqinida 9-yanvar oqshomida yuz bergan yo‘l-trnasoprt hodisasi oqibatida avtomobil yonib ketdi. Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in BMW va Gentra avtomobillari to‘qnashuvidan so‘ng kelib chiqqan; Lacetti avtomobili to‘liq yonib ketgan. Hodisa guvohlarining qayd etishicha, Lacetti’da bo‘lgan fuqaro halok bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilganicha yo‘q.