Avstraliyada yong‘in tufayli uyidan ayrilgan erkak Gold Lotto lotereyasini o‘ynab millionerga aylandi, deb yozmoqda Nine News.

Foto: Yahoo Australia News

Ma’lum bo‘lishicha, Kvinslend shtatida yashovchi erkakning o‘tgan yili Yangi Uels shtatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida o‘z oilasi bilan yashagan uyi yonib ketgan. Yanvar oyi boshida u turmush o‘rtog‘ining sevimli raqamlaridan foydalanib, onlayn-lotereyada o‘ynagan va million Avstraliya dollari yutib olgan.

Omadi chopgan avstraliyalik erkak g‘oliblik unga ayni muddao bo‘lganini ta’kidlagan. “Bu haqiqiy mo‘jiza. Yong‘in oqibatida yo‘qotgan oilam bilan yashagan uyim sug‘urtalanmagan edi. G‘oliblik ayni kerakli paytda yuz berdi. Uyimdan atigi bir necha kuygan chashkalar qolgan edi”, — degan u.

U lotereyadan yutib olgan pullarga yangi uy qurishni rejalashtirmoqda.

Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari o‘tgan yilning sentabridan buyon avj oldi. Buning oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, milliarddan ortiq hayvonlar va qushlar nobud bo‘lgan, yuzlab binolar vayron bo‘lgan