Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida shahar hokimini tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu masala bo‘yicha sessiyada qatnashgan bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Abdulla Aripov Jahongir Ortiqxo‘jayevni zamonaviy menejer deb atadi. Xususan, Afg‘onistonda lotin yozuvida yozilgan Artel, Akfa, Crafers brendlarini ko‘rganini alohida ta’kidladi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

“Jahongir Ortiqxo‘jayev qurgan binolarni ortidan borib tekshirishning keragi yo‘q. U har bir ishni mukammal qilishga o‘rgangan odam”, — dedi bosh vazir Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ta’rif berarkan.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”