Toshkent shahar hokimligida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda, xususan, bosh vazir Abdulla Aripov ham qatnashmoqda. “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning xabar berishicha, xuddi sessiyada shahar hokimi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodini xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritganligini bildirgan va o‘qib eshittirgan.

Poytaxt hokimligidan ma’lum qilishlaricha, yig‘ilishda 22-dekabrda o‘tkazilgan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha Toshkent shahar saylov komissiyasi raisining axboroti tinglangan. Saylov yakunlariga ko‘ra, O‘zLiDePdan 22 nafar, “Adolat” SDPdan 12 nafar, O‘zXDP va “Milliy tiklanish”dan 11 nafardan va Ekopartiyadan 4 nafar deputat shahar Kengashiga saylangan.

“Saylangan deputatlarning 2 nafari yoki 3,3 foizi 30 yoshgacha, 30 nafari yoki 50 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar hamda 28 nafari yoki 46,7 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilarni tashkil etadi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida. Yig‘ilishda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomi tasdiqlangan.

Sessiya kun tartibiga muvofiq, yig‘ilish davomida “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqilgan. Ushbu masala yuzasidan “Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalonov axborot bergan.

“Daryo” muxbiri Madina Nurman tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”