Toshkent shahar hokimi lavozimiga qayta tasdiqlangan Jahongir Ortiqxo‘jayev oldiga qo‘yilgan vazifalarni adolatli bajarishini ta’kidladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar bermoqda.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

O‘ylaymanki, hamjihatlikda ishlaymiz. Menga bildirgan ishonchlari uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorligimni bildirmoqchiman. Muhtaram Prezidentimizning menga bildirgan ishonchlarini oqlab, vazifamni adolat bilan, imon bilan, sadoqat bilan va halollik bilan bajarishga so‘z beraman. Menga bildirgan ishonchlarini oqlayman, degan umiddaman.

Hokimlik vazifamni bajarish davomida barcha deputatlarga, xalqimizga va shahrimiz fuqarolariga hech bir soha esdan chiqmasligiga, har bir sohaga katta ahamiyat berib ishlashga va adolat bilan xizmat qilishga so‘z berman. Deputatlarimiz o‘z chiqishlarida yordam berishlarini aytib o‘tishdi — bundan minnatdorman. Vazifani albatta adolatli bajaramiz.

Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent shahar hokimi