Alphabet kompaniyasining (Google’ga egalik qiluvchi) aksiyalari 16-yanvar kunining savdo yakunlari bo‘yicha 0,8 foizga qimmatlashib, 1450,15 dollarga yetdi. Shu orqali kompaniya kapitalizatsiya 1 trillion dollarlik marrani zabt etdi, deb xabar beradi Financial Times.

Foto: Telecom

Alphabet 1 trillion dollarni marraga zabt etgan to‘rtinchi kompaniyaga aylandi. Undan oldin Apple, Amazon va Microsoft kapitalizatsiyasi ham trillion dollardan oshgandi.

Alphabet aksiyalari yil boshidan buyon 7 foizga qimmatlashgan. Bunga 3-fevral kuni e’lon qilinadigan chorak natijalarining yaxshi kutilayotganiga bog‘liq. Shuningdek, aksiyalarning qimmatlashishiga 2019-yilning dekabrida Larri Peyj va Sergey Brinning kompaniyadan ketishi ham bog‘liq.